Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenkoning Belarusda karantin kiritmayotgani sababi tushuntirildi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus tarqalishi ortida mamlakatda favqulodda vaziyat va karantin rejimlarini kiritishni istamayapti, chunki u “xalq uchun siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan”.
Bunday fikrni shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy bildirdi.
Komarovskiyning aytishicha, hozirda barcha davlatlar Belarusdagi vaziyatni kuzatmoqda va “u yerda falokat yuz berishini orzu qiladi”.
“Chunki bu ularga misol bo‘lib xizmat qiladi: mana qarang, u yerda qanday qirg‘in, biz esa shovvozlar, bizda bu yo‘q”, deb aytgan mutaxassis Big Money shousi efirida.
Shifokor Belarus prezidenti tomonidan favqulodda vaziyat va boshqa qat'iy choralar kiritmaslik qarori birgina uning qarori bo‘lmaganini aytgan. “Uning oldida shifokorlar, epidemiologlar, fanlar akademiyasi bo‘lgan. Va ular Lukashenkoga maslahat berishganda, agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, terilari shilib olinishini bilganlar”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.
Koronavirus tarqalishi ortida aksariyat davlatlar xorijliklar uchun o‘z chegaralarini yopib, favqulodda vaziyat kiritdi. Belarus bu vaziyatda chegaralarni yopmagan, biroq respublikaga kelayotgan barcha transport ortidan nazoratni kuchaytirgan. Shuningdek, hukumat koronavirus avj olgan davlatlardan kelgan fuqarolarga 14 kun uyda karantinda qolishni buyurgan.
Lukashenko aprel boshida respublikada boshqa davlatlarga o‘xshab favqulodda vaziyat kiritishi va prezident saylovlari oldidan “o‘zini ko‘rsatishi” mumkinligini aytgan, biroq u “bu o‘yinlarni o‘ynashni” istamaydi. Uning ta'kidlashicha, Belarus pandemiyadan “sarosimaga tushmagan”.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026