Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Boris Jonsonga salomatlik tilab telegramma yubordi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga salomatlik tilab telegramma yubordi. Telegramma matni Kreml rasmiy saytida keltirilgan.
© Aleksey Nikolskiy/RF prezidenti matbuot xizmati/TASS
«Hurmatli janob bosh vazir, murakkab bo‘lgan hozirgi kunlarda sizni qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman. Ishonchim komil, sizdagi energiya, optimizm va hazilkashlik kasallikni yengadi. Chin dildan tezda va butkul sog‘ayishingizni tilayman. Hurmat bilan Vladimir Putin», deyilgan telegrammada.
27 mart kuni Boris Jonsonda koronavirus aniqlangan va bu haqda uning o‘zi xabar qilgandi. 10 kun davomida kasallik alomatlari ortda qolmagach, 6 aprel kuni Jonson kasalxonaga yotqizildi va u ayni damda intensiv davolash bo‘limida muolaja olmoqda.
O‘z navbatida Vladimir Putin ham 1 apreldan masofadan ishlashga o‘tgan. 31 mart kuni oldinroq u bilan uchrashgan Moskvadagi kasalxona bosh shifokori Denis Protsenkoda koronavirus aniqlangandi.
- Mart oyi o‘rtalarida Yevropa qit'asidagi qator davlatlar koronavirus tufayli qat'iy karantin choralari e'lon qila boshlaganida, Jonsonni Buyuk Britaniyada bunday choralar ko‘rishga shoshilmaslikda ayblab tanqid qilishgandi. Keyinroq bosh vazir Britaniyada ham karantin choralari joriy etishga majbur bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:29
Kreml Putinning qarorgohiga hujum uyushtirilgani haqidagi bayonotlardan keyin uning manzilini maxfiylashtirdi
19:50
Kreml Putin qarorgohiga «hujum» yuzasidan dalil keltirmayapti
14:46
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinishni qoraladi
12:10