Jahon | 00:24 / 08.04.2020
14492
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada koronavirus yuqtirish holatlari kamaygani ma'lum qilindi

Italiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni kamaymoqda, dedi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi oliy institutining yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Jovanni Retssa.

Foto: AFP

«Tekislik» bosqichidan so‘ng biz pasayishni boshladik. Ammo ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak, kelinglar, erta-indin kutaylik, ammo vaziyat o‘nglanayotganga o‘xshamoqda", - dedi u.

Shu bilan birga, Retssaning so‘zlariga ko‘ra, "yuqish holatlari kamaygani bilan, virus qolaveradi", shuning uchun karantin cheklovlari davom etishi zarur.

Avvalroq mamlakat fuqaro mudofaasi xizmati rahbari Anjyelo Borrelli Italiyada virus yuqtirganlar soni 135 mingdan oshganini, 24 mingdan ortiq bemor tuzalgani va 17127 kishi vafot etganini ma'lum qilgandi. Bir sutka davomida 880 kishi kasallik yuqtirgan bo‘lib, bu 10 martdan buyon eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid