Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada karantinga rioya qilinishi smartfonlar orqali nazorat qilinadi
Maxsus dastur koronavirusga chalingan bemorning telefoni orqali uning harakatlanishini kuzatib boradi.
Turkiyada uy karantinidagi bemorlar mobil aloqa operatorlari yordamida kuzatuv ostiga olindi.
Xabar qilinishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda bemorlarni kuzatish va virus tarqalishining oldini olish maqsadida karantinga rioya qilinishini kuzatuvchi dastur ishlab chiqqan.
Dastur koronavirusga chalingan bemorning telefoni orqali uning harakatlanishini kuzatib boradi. Agarda karantindagi shaxs ko‘chaga chiqsa, uning telefoniga ogohlantiruvchi xabar keladi hamda unga qo‘ng‘iroq qilinib, izolyatsiya rejimiga rioya qilishi eslatiladi. Bemor ogohlantirishlarga qaramasdan izolyatsiya rejimini buzishda davom etadigan bo‘lsa, u haqidagi ma'lumot xavfsizlik organlariga jo‘natiladi va unga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
Bunday tajriba Xitoyda ham qo‘llanilgan, bemorlar haqida ma'lumot beruvchi turli ilova va dasturlar ishlab chiqilgandi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 34 mingdan oshgan, 725 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026