Jahon | 19:56 / 08.04.2020
25932
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha rekord o‘sish qayd etildi

Yaponiyada bir kun davomida 400dan ortiq kishi koronavirusga chalinib, rekord o‘sish qayd etildi, deb xabar berdi NHK telekanali.

Foto: Shutterstock

Telekanalning ma'lumot berishicha, chorshanba kuni 455 kishi koronavirus yuqtirgani qayd etilgan, ammo bu raqam kelib tushayotgan ma'lumotlar asosida o‘sib bormoqda.

Birgina Tokioda 144 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, 95ta holatda yuqtirish manbalari aniqlanmagan.

Kiodo agentligining ma'lumotiga ko‘ra, Yaponiyada kasallik yuqtirganlar soni 5500dan oshgan.

Seshanba kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokio, Osaka va beshta prefekturada bir oy muddatga favqulodda vaziyat e'lon qildi. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid