Jamiyat | 18:26 / 10.04.2020
60710
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Qashqadaryoda 46ta noyob baliq nobud qilindi

Muborak tumanining Qorabog‘ qishlog‘ida yashovchi uch nafar fuqaro 23 donadan Turkiston mo‘ylovdori hamda Samarqandxramulya baliqlarini ovlab nobud qilgan. Har ikki turdagi baliq O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan. 

Qashqadaryo viloyat atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Kun.uz’ga xabar qilishicha, ovchilar o‘zlari bilan olib borgan to‘rlardan foydalanib, Yangiqoraqum qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi zovurda baliqlarni tutgan.

Bu harakati bilan ular tabiatga va hayvonot dunyosiga 43 million so‘mlik zarar yetkazishgan. 

Holat yuzasidan Muborak tuman IIB tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid