Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda nima uchun karantin joriy etilmaganiga izoh berildi
11 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus hukumatini ommaviy tadbirlarni bekor qilish, koronavirusga chalinganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin joriy etishga chaqirdi.
Foto: Reuters
Belarus sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanik karantin bemorlarni qabul qilishni uddalay olmay qolgan tibbiyot tizimiga yordam berishga qaratilgan so‘nggi chora ekanligini aytdi. Bu haqda Tut.by yozmoqda.
«Gigiyena tavsiyalariga rioya qilish, ijtimoiy muloqotlarni kamaytirish kasallik o‘sishini to‘xtatishga yordam bermoqda», — dedi Karanik.
«Karantin joriy etish uchun sutka davomida bemorlar soni qancha miqdorda bo‘lishi borasida aniq ko‘rsatkich belgilanmagan. Ortiqcha cheklovlarsiz ijtimoiy masofalanishni ta'minlay olsak, shuning o‘zi yetadi», — dedi Karanik.
11 aprel kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Belarus hukumatini ommaviy tadbirlarni bekor qilish, koronavirusga chalinganlar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlar uchun karantin joriy etishga chaqirdi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda 2226 kishi koronavirus yuqtirgan, 23 kishi vafot etdi, 172 kishi sog‘aydi.
Mavzuga oid
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
17:18 / 05.07.2025