Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fermerning transporti bo‘lmasa, ekin qanday ekiladi?
Bugun, 11 aprel kuni, AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik boshqarma boshlig‘i G‘aybullo Primov fermerlar avtortransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus stiker talab qilinmasligini ma'lum qilindi.
“Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan ro‘yxatida aynan fermerlar yo‘q ekan. Aksariyat fermerlarning yeri boshqa hududda ekanligi nega hisobga olinmagan? Hozir ayni ekin-tikinni o‘z vaqtida ekib olish zarur emasmi? Yerga kim urug‘ qadab beradi? Yoki hamma fermerlar bu yil barcha narsadan ozod etilganmi? Bundan tashqari, hamma fermerda ham N1, ya'ni Labo mashinasi yo‘q” – degan savolga G‘aybullo Primov:
“Ko‘pchilik fermerlar tomonidan avtotransport vositasida harakatlanish cheklanganligi, buning natijasida yerga ekin ekish kechikayotganligi bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda. Respublika maxsus komissiyasining 8 apreldagi qaroriga asosan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning yangilangan ro‘yxatiga qishloq xo‘jaligi texnikalari ham kiritilgan. Demak, fermerlar ekin ekish uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini harakatlantirishi mumkin, hech qanday cheklov yo‘q”, - deya javob berdi.
Mavzuga oid
10:45 / 12.05.2026
Fermerlar uchun dizel yonilg‘isi bo‘yicha subsidiya joriy etildi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
09:40 / 06.04.2026
3,7 gektar yerni 7 gektar deb sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi
12:08 / 19.03.2026