Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning 30 shahrida komendantlik soati joriy qilindi
Turkiyaning 30 shahrida koronavirus tarqalishining oldini olish chorasi sifatida komendantlik soati joriy qilindi.
Turkiya jumhuriyatining 30 ta shahrida va Zonguldak provinsiyasining butun hududida koronavirusga qarshi kurash chorasi sifatida komendantlik soati joriy qilindi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar qilmoqda.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, mazkur chora 11 aprel yarim tundan 13 aprel 00:00ga qadar davom etadi. Ushbu 48 soatlik davrda belgilangan hududlar aholisi o‘z uylarini tark eta olishmaydi.
Agentlikning qayd etishicha, ushbu chora poytaxt Anqara hamda mamlakatning eng yirik shahri – Istanbulga ham tatbiq etiladi.
Mamlakat hukumati 3 aprelda yirik shaharlarga transport vositalari kirishi va chiqishini taqiqlagan edi. Bundan tashqari, 20 yoshdan kichiklarning uylarini tark etishlari ham mumkin emasligi e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026