Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda mamlakat birinchi prezidentining qotili qatl qilindi
Bunga qadar davlat to‘ntarishida ishtirok etgan yana 5 nafar ofitser 2009 yilda qatl qilingandi.
Bangladeshning birinchi prezidenti Mujibur Rahmonning qotillaridan biri Abdul Majid 11 apreldan 12 aprelga o‘tar kechasi dorga osish yo‘li bilan qatl qilindi. Bu haqda Bangladesh Sangbad Sangstha agentligi mamlakat adliya vaziri Anisul Haqqa tayanib xabar bermoqda.
Davlat to‘ntarishini amalga oshirishda ishtirok etgan va Bangladeshning birinchi prezidenti Mujibur Rahmonning o‘limiga sababchi bo‘lgan ofitserlar 1998 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. Ularning besh nafari 2009 yilda qatl qilingan. Isyonkorlarning yana biri Abdul Majid 24 yillik qidiruvdan so‘ng joriy yilning 8 aprelida qo‘lga olingan.
Prezident Rahmon 1975 yilning 15 avgustida o‘zining Dakkadagi qarorgohida xotini, uch o‘g‘li va bir qator yaqin qarindoshlari (umumiy 20 kishi) bilan birga o‘ldirib ketilgandi. O‘sha paytda GFRda bo‘lgan ikki qizigina omon qolishgan. Ulardan biri ayni paytda Bangladesh bosh vaziri bo‘lgan Shayx Hasina xonimdir.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025