Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Rossiyaga yordam jo‘natdi
Xitoy Rossiyaga tibbiyotchilar guruhi va koronavirusga qarshi kurashish uskunalari jo‘natdi. Bu haqda XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Lijian xabar bergan.
Foto: TJournal
Xitoyning Harbin shahridagi Rossiyaning bosh konsulligi guruh ichida «xitoylik nufuzli viruologlar va vrachlar» borligini ma'lum qilgan.
Tibbiyotchilar Rossiyaga 11 aprel kuni ertalab parvoz qilishgan. Ular o‘zlari bilan bir necha tonna himoya vositalari va tibbiy uskunalar ham olib ketishmoqda. Ularni Xitoyning Heylongjiang provinsiyasi hokimiyati taqdim etgan.
Avvalroq Rossiya Italiya va Serbiyaga Covid-19’ni davolash uchun o‘z harbiy mutaxassislarini jo‘natgan edi. Shuningdek, Rossiya AQShga tibbiyot buyumlaridan iborat yuk jo‘natgan.
Avvaliga Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonidan insonparvarlik yordami deb atalgan yukning yarmining bahosi keyinroq Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi hisobidan to‘langani ma'lum qilindi. Ungacha AQSh davlat departamenti koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun Rossiya tibbiyot mahsulotlari xarid qilinganini ta'kidlagan edi.
Mavzuga oid
22:15 / 29.12.2025
Rossiya Ukrainani Putinning qarorgohiga hujum qilganlikda aybladi
19:42 / 29.12.2025
Tayvan - Xitoy biqinidagi «porox bochkasi»
18:11 / 29.12.2025
“Gospitalga borish uchun qo‘limda granata portlatdim” – Rossiya armiyasiga yollangan shaxs qamaldi
14:18 / 29.12.2025