Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda 14 750 000 so‘mlik dastgohlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs aniqlandi
Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Foto: Tergov departamenti
Joriy yilning 5 aprel kuni 28 yoshli F.M. Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u arizasida 4 aprel kunidan 5 aprel kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Paxtaobod MFY hududida joylashgan ishlab chiqarish sexiga kirib, u yerdan jami narxi 14 750 000 so‘mlik dastgohlarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan (o‘g‘irlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni 41 yoshli X.A. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 22.10.2025
Luvrdan o‘g‘irlangan buyumlarning qiymati ma’lum qilindi
15:08 / 20.10.2025
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi
00:43 / 20.10.2025
Luvr muzeyida misli ko‘rilmagan o‘g‘rilik sodir etildi
12:54 / 09.08.2025