Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh aviakompaniyalari hukumatdan 25 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam oladi
Mart oyi o‘rtalarida United Airlines koronavirus tufayli 2 mlrd dollar qarz olishga majbur bo‘lgandi.
Amerika aviatashuvchilari moliya vazirligi bilan pandemiya sababli boshlangan inqiroz munosabati bilan 25 mlrd dollar miqdorida moliyaviy yordam taqdim etilishi to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Mamlakat moliya vaziri Stiven Mnuchinning ma'lum qilishicha, qator kompaniyalar dasturda qatnashishga rozi bo‘lgan.
Davlat ajratgan mablag‘lar aviakompaniyalarning maosh berish uchun xarajatlarini qoplaydi. Mablag‘lar taqsimlanishi shu haftadan boshlanadi.
Delta Air Lines o‘ziga 5,4 mlrd ajratilishini ma'lum qildi.
Southwest Airlines 3,2 mlrd dollar oladi.
American Airlines 4,1 mlrd dollar miqdorida beg‘araz yordam va 1,7 mlrd dollar ssuda oladi.
Mnuchinning aytishicha, Alaska Airlines, Allegiant Air, rontier Airlines, Hawaiian Airlines, JetBlue Airways, United Airlines, SkyWest Airlines aviakompaniyalari ham dasturda ishtirok etishga rozi bo‘lgan.
Mart oyi o‘rtalarida United Airlines koronavirus tufayli 2 mlrd dollar qarz olishga majbur bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:14 / 30.06.2026
AQSh Oliy sudi tug‘ilganda fuqarolik olish huquqini tasdiqladi
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37 / 30.06.2026
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026