Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus sababli Yevropada hosil yig‘ib-terib olishda muammolar boshlandi
O‘tgan haftada Yevropa parlamenti tadqiqot markazi migrant ishchilar yetishmasligi sababli supermarketlarda narxlar oshishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Yevropa mamlakatlaridagi fermerlar koronavirus epidemiyasi sababli mavsumiy ishchilar yetishmasligiga duch kelmoqda.
Ispaniyada qulupnay terib olgani hech kim yo‘q, deb yozmoqda Deutsche Welle. Koronavirus bois e'lon qilingan cheklov choralari sababli marokashlik mavsumiy ishchilar Ispaniyaga kela olmayapti. Bundan tashqari, Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan keluvchi ishchilar ham o‘z vatanlariga qaytib ketgan.
Ispaniyadagi barcha qulupnaylarning 97 foizi yetishtiriluvchi Uelva provinsiyasida 25 ming nafar ishchi yetishmayapti.
Germaniyadagi fermalarda ishlash uchun 300 ming kishi kerak.
Italiyada sarsabil va qulupnay yetildi, ammo cheklov choralari sababli migrant ishchilar mamlakatga kela olmayapti, deb xabar bermoqda Politico nashri. Mamlakat oziq-ovqat, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Tereza Bellanova migrantlarga hujjat olmasdan ishlashga ruxsat berishni taklif qildi.
O‘tgan haftada Yevropa parlamenti tadqiqot markazi migrant ishchilar yetishmasligi sababli supermarketlarda narxlar oshishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Mahsulotlarning katta qismi dengiz orqali tashiladi. Chegaralar yopilgani bois tijorat kemalari portlarga erkin kira olmayapti yoki ekipajga yangi a'zolar qabul qila olmayapti. Bu ham oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga salbiy ta'sir qilmoqda.
Mavzuga oid
14:07 / 11.06.2026
Yevropada AQShga ishonch tarixiy minimumga tushdi
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:17 / 10.06.2026
Yevropa robotaksi sinovlarini tezlashtirishga qaror qildi
08:44 / 08.06.2026