Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arnasoydagi janjal: baliqchilik brigadasi ishchisi brakonerlarni kaltakladi
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Arnasoy tumani Chinobod mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1992 yil tug‘ilgan T.J. va mahalladoshi 1985 yil tug‘ilgan O‘.K. tuman tibbiyot birlashmasidan birinchi tibbiy yordam olgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, bu haqida tuman tibbiyot birlashmasi hamshirasi Forish tumani ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan.
Ma'lum bo‘lishcha, Paxtakor tumani, Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, MChJ baliqchilik brigadasi ishchisi, 1982 yil tug‘ilgan U.T. fuqarolar T.J. va O‘.K.larni ish joyiga qarashli bo‘lgan hududda baliq tutganliklari uchun kaltaklagan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan ichki ishlar xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 14.03.2026
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
23:25 / 27.12.2025
Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi
07:35 / 22.11.2025
Kanadada bo‘ri baliqchi to‘ridan foydalanib baliq ovlagani videoga tushdi
20:58 / 02.11.2025