Jahon | 06:59 / 16.04.2020
10997
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda mingdan ortiq bemor koronavirusdan davolanib chiqdi

Birlashgan Arab Amirliklari sog‘liqni saqlash va profilaktika qilish vazirligi tomonidan mingdan ziyod bemor koronavirusdan tuzalib chiqqani ma'lum qilinayotgan bo‘lsa-da, so‘nggi sutkada yangi yuqtirish hollari bo‘yicha rekord o‘rnatilgan - 432 kishi.

Foto: Flickr / 5DII

«Turli millatlar orasidan 432 kishida koronavirus yuqtirishning yangi holatlari aniqlangan, ularning barchasi zarur tibbiy nazorat ostida ushlab turilibdi. COVID-19 kasalligi tarqala boshlaganidan buyon BAAda yuqtirganlarning jami soni 5365 kishini tashkil etmoqda. Ularning 1034 nafari tuzalib chiqdi», — deb yozmoqda BAA SSV o‘z Tvitterida.

Vazirlik koronavirus keltirib chiqargan asoratlar oqibatida so‘nggi sutkada yana 5 kishi vafot etgan va qurbonlarning umumiy soni 33 kishiga yetgan.

Dubay amirlik-shahrida harakatlanish uchun 24 soatlik taqiq joriy etildi, aholi faqat oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalarga borishga izn beruvchi maxsus ruxsatnomalar orqali o‘z uylarini tark etishlari mumkin. Poytaxt Abu-Dabida xorijiy ishchilarga shahar chegarasidan chiqish va o‘zi yashayotgan hududni tark etish taqiqlab qo‘yildi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid