Jahon | 14:45 / 16.04.2020
4538
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hududida 6 maygacha favqulodda vaziyat rejimi amal qiladi

Shu kungacha favqulodda vaziyat rejimi Tokio, Osaka va beshta prefektura hududida e'lon qilingandi. 

Foto: RIA Novosti

Yaponiyada favqulodd vaziyat rejimi butun mamlakat bo‘yicha 6 maygacha amal qiladi. Bu haqda iqtisodiyotni tiklash ishlari vaziri Yasutosi Nisimura ma'lum qildi.

"Odamlar harakatlanishini kamaytirish – kechiktirib bo‘lmaydigan vazifa", - deb ta'kidladi u.

Shu kungacha favqulodda vaziyat rejimi Tokio, Osaka va beshta prefektura hududida e'lon qilingandi. 

Virus tarqalishi davom etayotganligi sababli rejim mamlakatning boshqa hududlarida ham joriy etildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 9 mingga yaqin holat qayd etilgan, 178 kishi vafot etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid