O‘zbekistonda xizmatlar sohasidagi statistika e'lon qilindi
2020 yil yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 50,3 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 9 trln so‘mga oshdi
2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi – 65,7 foiz, sanoat - 17,7 foiz, qurilish - 9,0 foizga yetdi va atigi 7,6 foizi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasi hissasiga to‘g‘ri keldi.
Davstatqo‘m xabariga ko‘ra, xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlar yuqori ulushni (39,8 foiz) egallaydi. Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 9,9 foizni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibida tashish va saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning ulushi 5,8 foizga yetdi. Axborot va aloqa faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar tarkibidagi ulushi 3,0 foizga teng bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning ulushi 3,0 foizni tashkil etdi.
Xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar umumiy sonida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining hissasi 77,3 foizga to‘g‘ri keladi. 2020 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, yirik tashkilotlar ulushi 22,7 foizni tashkil etdi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil yanvar-mart oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 50,3 trln so‘mga yetdi. Uning nominal hajmi 9 trln so‘mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur'ati 9,9 foizni tashkil etdi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024