O‘zbekiston | 22:39 / 18.04.2020
8898
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda koronavirusni yuqtirganlar soni 730 mingdan oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida koronavirusni yuqtirganlar soni 730 mingdan oshdi. 38 mingdan ortiq inson ushbu noma'lum kasallik sabab hayotdan ko‘z yumdi. 

AQShda COVID-19 virusini yuqtirib vafot etganlar soni 38 664 kishini tashkil etmoqda. 732 ming 197 kishi u bilan kasallangan, deb xabar qilmoqda Johns Hopkins Universiteti qaydnomasi. 

Shu bilan birga, CNN telekanalining ekspertlar fikriga asoslangan holda xabar qilishicha, Amerika kuniga 500 ming insonni virusga tekshiruvdan o‘tkazishi talab etiladi. Shundagina, Harvard tadqiqotchilariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti ochilishi va pandemiyadan avvalgi holatga qaytish mumkin bo‘ladi. 

Shu vaqtga qadar, mamlakatda kuniga 150 ming test o‘tkazilgan va ularning 20 foizida virus aniqlangan. Tadqiqotchilar, kimning virusni yuqtirganligini hamda boshqa insonlarni xatar ostiga qo‘yishi mumkinligini aniqlash uchun ko‘proq tekshiruvlar o‘tkazilishi zarur, degan fikrda. 

Ularga ko‘ra, bugungi kunda virus aniqlanayotganlar foizi jutsda yuqori. JSST virus aniqlanish ko‘rsatkichi 3-12 foiz bo‘lishini kerakligini ta'kidlaydi. 

1 May sanasiga 10 foizlik ko‘rsatkichga erishish uchun kuniga 580 ming kishi virusga tekshirilishi talab etiladi. 

Mavzuga oid