IIV tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi
Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, podpolkovnik Umidbek Kupalovich Nurullayev IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - kasbiy tayyorgarlikni tashkillashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar U.Nurullayev Ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish (Olmaliq shahri) Markazi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Kapitan Akmal Akromovich Boltaboyev IIV Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - rejalashtirish va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i - shifokor lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Boltaboyev Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Gapur Bekchanovich Kuramboyev Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar G.Kuramboyev Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash qo‘shinlari qo‘mondonining kadrlar harbiy vatanparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Mayor Dilshodbek Odiljonovich Qo‘chqorov Andijon viloyati IIB, Tibbiyot bo‘limi boshlig‘i-shifokor lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar D.Qo‘chqorov Tibbiyot bo‘limi harbiy-tibbiy komissiya raisi lavozimida xizmat qilgan.
Podpolkovnik Ismoil Isoqulovich Omonov Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar I.Omonov Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Polkovnik Aktamali Bektoshevich Beshimqulov Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Beshimqulov G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024