O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan hududlar ro‘yxati e'lon qilindi
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda
Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublika bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 76 159 ta holat aniqlangan.
Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, ular:
- Toshkent shahrida – 13 635 ta holat;
- Farg‘ona viloyatida – 11 893 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 11 136 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 6 730 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 5 269 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 4 976 ta holat;
- Andijon viloyatida – 4 303 ta holat;
- Namangan viloyatida – 4 290 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 3 115 ta holat;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 2 775 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 2 555 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 2 416 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 2 333 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 733 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
17 aprel kuni Samarqand shahar, “Sattepo” mavzesida yashovchi 1990 y.t. Akbar E., Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, “Qorasuv” mahallasi, Qorasuv ko‘chasida yashovchi 1977 y.t. Panji A.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.
17 aprel kuni Jizzax viloyati, Arnasoy tumani, “Bobur” mahallasi, Ibn Sino ko‘chasida yashovchi 1989 y.t. Jasur T., Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Bo‘z yop” ovulida yashovchi 1992 y.t. Atamurat B., “Durman” ovulida yashovchi 1982 y.t. Shavkat U.lar ruxsatnomasiz o‘z transportida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
17 aprel kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Jilvon” mahallasi, “Chaqar” qishlog‘ida yashovchi 1992 y.t. Sardor E. karantin qoidalarini buzib, ruxsatnomasiz avtomashina boshqarib, 3 nafar fuqaroni olib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
17 aprel kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 26-mavzeda yashovchi 1984 y.t. Yevgeniy S., Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, Toshnur ko‘chasida yashovchi 1995 y.t. Bobur M.lar o‘z velosipedlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
17 aprel kuni 13:00larda Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, “Bunyodkor” mahallasi, 4-dahada yashovchi 2000 y.t. Farrux J. karantin qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54- va 183-moddalariga asosan Shirin shahar Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
17 aprel kuni Namangan viloyati, Pop tumani, “Chig‘anoq” mahallasida yashovchi 1977 y.t. Tohirjon O. va “Iskovut” mahallasida yashovchi 1989 y.t. Movlitali K. mast holda himoya niqobi taqmasdan, fuqarolar osoyishtaligini buzganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54- va 183-moddalariga asosan Pop tumani Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
17 aprel kuni Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, “O‘zbekiston” mahallasi, Olmazor ko‘chasida yashovchi 1996 y.t. Shahzod N. “Navoiy” mahallasi hududida joylashgan “Fayz” dehqon bozori hududida ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talabini bajarmasdan, jamoat tartibini buzganligi hamda ruxsatnomasiz avtomashinada 3 tadan ortiq yo‘lovchini tashiganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183- va 194-moddalariga asosan Qamashi tumani Ma'muriy ishlar sudi tomonidan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
17 aprel kuni Jizzax shahar, “Navro‘z” mahallasi, Sh.Rashidov ko‘chasida yashovchi 1990 y.t. Gulhayo N. karantin qoidalarini buzib, yashash uyida tug‘ilgan kunini nishonlash uchun 4 nafar tanishlari bilan yig‘in o‘tkazayotganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik tortilgan.
17 aprel kuni 13:00larda Sirdaryo viloyati, Shirin shahar, “Farhod” mahallasi, S.Raximov ko‘chasida yashovchi 1988 y.t. Umid A. karantin qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54- va 183-moddalariga asosan Oqoltin tumani Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.
17 aprel kuni Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumani, “Sohibkor” mahallasida yashovchi 1988 y.t. Abdullaxon A. karantin qoidalariga amal qilmasdan, tug‘ilgan kun tadbiri tashkil qilib, yashash uyida 11 nafar fuqarolarni yig‘ib o‘tirganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
17 aprel kuni Toshkent viloyati, Bekobod tumani, “O‘zbekobod” mahallasida yashovchi 1970 y.t. Ergashali M. karantin qoidalarini buzib, ichki ishlar xodimlarini qonuniy talabini bajarmaganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan.
17 aprel kuni Toshkent viloyati, Angren shahar, 2/2-mavzesida yashovchi 1994 y.t. Asliddin T. jamoat tartibini buzganligi uchun Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga asosan hujjatlar rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid
16:11 / 17.11.2024
Probatsiya bo‘linmalari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024