O‘zbekiston | 07:46 / 18.04.2020
10545
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlandi

Yaponiyada O‘zbekistonning bir nafar fuqarosida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Yaponiyadagi vakili Jo‘rabek Hasanov ma'lumot bergan.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining matbuot kotibining yozishicha, assotsiatsiya vakili aloqaga chiqib, fuqaro, talaba yigitning umumiy holati yaxshi ekani haqida ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 17 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1405 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi.

O‘tgan vaqt mobaynida virus butun respublika hududi bo‘ylab tarqaldi. 17 aprel kuni zararlanish holatlari soni 56taga oshdi.

Shu vaqtgacha 156 kishi kasallikdan sog‘aydi, 4 kishi vafot etdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid