O‘zbekiston | 15:54 / 19.04.2020
35872
2 daqiqa o‘qiladi

Muddati o‘tgan hujjatlar 1 iyulga qadar amal qiladi – IIV

Karantin paytida amal qilish muhlati tugaydigan ruxsat beruvchi xarakterga ega bo‘lgan hujjatlar muddati joriy 2020 yil 1 iyuligacha uzaytiriladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma'lum qildi.

Foto: KUN.UZ

«Fuqarolardan juda ko‘p savollar asosan transport vositasiga tegishli hujjatlarni muddati o‘tgan munosabati bilan, avtotrasporti hayday olmayotganliklari, masalan, transportning texnik ko‘rik muddati o‘tgani munosabati bilan ko‘chada jarimaga tortilishi masalalari keng muhokamaga sabab bo‘lmoqda», deya Shohrux G‘iyosovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Vazirlik rasmiysi AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, quyidagi hujjatlarning muddati o‘tganligi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga javobgarlik va boshqa ta'sir choralari qo‘llanmaydi:

  • barcha ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlar (litsenziya va ruxsatnomalar);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar (fuqarolik pasporti, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashiga ruxsatnoma);
  • avtotransport vositalarini boshqarish uchun talab qilinadigan hujjatlar (sug‘urta polisi, ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlar). 
Муҳаббат Маъмирова
Tayyorlagan Муҳаббат Маъмирова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid