O‘zbekiston | 15:39 / 21.04.2020
14131
1 daqiqa o‘qiladi

Ekologiya qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar va o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4683-son qarori bilan Narzullo Naimovich Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Narzullo Oblomurodov

Narzullo Oblomurodov ayni paytga qadar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi Xalq qabulxonalari faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sho‘'basi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi.

Shuningdek, prezidentning 2020 yil 17 apreldagi PQ-4683-son qarori bilan Islombek Ismoilovich Boqijonov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Islombek Boqijonov

Islombek Boqijonov ayni paytga qadar Samarqand shahri hokimligi qoshidagi “Maroqand obod” davlat unitar korxonasi direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan edi.

Mavzuga oid