Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada kelasi oyning ikkinchi yarmidan karantin choralari yumshatiladi
Ispaniya hozirda koronavirus qurbonlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda (AQSh va Italiyadan keyin) va kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) turibdi.
Ispaniyada may oyining ikkinchi yarmidan karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Pedro Sanches ma'lum qildi.
"May oyining ikkinchi yarmida COVID-19 epidemiyasiga qarshi kurashning ikkinchi bosqichini boshlaymiz. Qoida va cheklovlar yangi ssenariylarga mos ravishda o‘zgarishi kerak. Xavf pasayishi bilan yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimi ham o‘zgaradi", - dedi Sanches.
Sanches hukumat 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ko‘chaga chiqishiga ruxsat beruvchi hujjatni qabul qilishini, ammo bu "umumiy karantin qoidalariga ta'sir ko‘rsatmasligini" aytdi.
Chorshanba kuni kongress deputatlari hukumatning yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimini 9 maygacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi bo‘yicha ovoz beradi.
Ispaniya hozirda koronavirus qurbonlari bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda (AQSh va Italiyadan keyin) va kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda (AQShdan keyin) turibdi. Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda kasallik yuqtirganlar soni 208 mingdan oshib ketdi, 22 mingga yaqin kishi vafot etdi.
Mavzuga oid
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026
Inqirozdan dunyo brendiga: Bilbao shahrining qayta tug‘ilishi
21:51 / 11.05.2026