O‘zbekiston | 13:17 / 22.04.2020
120483
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyada vafot etganlarning birortasi ham koronavirus infeksiyasiga chalinmagani aytilgan 

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Joriy yilning 20 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida turli baxsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, vafot etganlarning jasadi Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha avtomobil transporti orqali olib kelindi. 

“Fuqarolarning jasadlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan hamkorlikda chegara postidan olib o‘tilib, yashash manzillari bo‘yicha jo‘natildi”, - deyiladi ma'lumotda.

Rossiya Federatsiyasida vafot etganlarning birortasi ham koronavirus infeksiyasiga chalinmagani aytilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid