Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda karantin o‘tishini g‘orda kutgan sayyohlar qutqarildi
Hindistonda puli qolmagani sababli koronavirus epidemiyasi o‘tishini g‘orda kutishiga to‘g‘ri kelgan sayyohlar aniqlanib, karantin o‘tashga jo‘natildi.
Foto: Tvitter
Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.
Turli davlatlardan bo‘lgan 4 erkak va 2 ayol mart oxirida, mamlakat karantinga yopilganda Hindiston shimolida joylashgan Rishikeshdagi g‘orga ko‘chib o‘tgan. Ular buni pullari tugagani va shu sababli mehmonxonalarda boshqa qola olmaganlari bilan tushuntirishgan.
Sayyohlar politsiya tomonidan aniqlanib, bo‘limga yetkazilgan. “Ular o‘tinda ovqat tayyorlashgan, yaqin oradan oqib o‘tgan Gang daryosi suvidan foydalanishgan”, deb ma'lum qilgan politsiya noziri Rajyendra Singx Katayt.
Aniqlanishicha, sayyohlar Hindistonga Ukraina, AQSh, Turkiya, Fransiya va Nepaldan 2019 yil oxirlarida kelishgan. Ular Himoloy tog‘lari etagida joylashgan va sayyohlar orasida ommalashgan Rishikesh shahridagi mehmonxonalarda yashashgan. Biroq pullari tugagach, g‘orga yo‘l olib, u yerda 25 kun davomida kun kechirishgan.
Xorijliklarda koronavirus alomatlari bo‘lmaganiga qaramay, ular karantin markaziga 14 kunga yuborilgan.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026