Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadan jo‘natilgan insonparvarlik yordami Toshkentga yetib keldi
Turkiyadan olib kelingan qimmatli yuk tarkibi 50 mingta tibbiy niqoblar, 200 mingta kombinezon va 200 mingta yuz himoya vositalaridan shakllantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasi hamda Istanbuldagi Bosh konsulxonasi huzurida tashkil qilingan Tezkor shtablarda yangi turdagi COVID-19 koronavirusiga qarshi kurash uchun zarur bo‘ladigan dori-darmon va tibbiy vositalarni yig‘ish, ularni O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha keng qamrovli ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Bu kabi ezgu intilishlar turkiyalik hamkor va ishbilarmon doira vakillarining faol ko‘magida amalga oshirilyapti, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Sa'y-harakatlarning amaliy natijasi o‘laroq, 23 aprel kuni O‘zbekistonning Anqarada joylashgan elchixonasi va Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida turkiyalik biznes doira vakillari tomonidan shakllantirilgan beg‘araz insonparvarlik yordami “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining maxsus samolyotida Toshkentga yetkazildi.
Turkiyadan olib kelingan qimmatli yuk tarkibi 50 mingta tibbiy niqoblar, 200 mingta kombinezon va 200 mingta yuz himoya vositalaridan shakllantirilgan.
Insonparvarlik yordami Turkiyaning «Çalık Holding» va «Kani-Med Healthcare» kompaniyalari tomonidan taqdim etildi. Ushbu tashkilotlar O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati va amaliy harakatlarni ham faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
Respublikamizda koronavirus epidemiyasiga qarshi qat'iy choralar ko‘rilayotgan ayni kunlarda qardosh turk hamkorlarning tibbiy vositalar ko‘rinishida yordam berayotgani O‘zbekiston va Turkiya taraqqiyotning yangi bosqichiga birgalikda qadam qo‘yish barobarida umumiy xavf-xatarlarga qarshi birdamlik ko‘rsatishga tayyor sodiq do‘st ekanini namoyish qilmoqda.
O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasiga ushbu mamlakat hududlaridagi sheriklardan koronavirusni yengishda zarur bo‘ladigan dori-darmon, tibbiy vosita va uskunalar ko‘rinishidagi insonparvarlik yordamining kelishi davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
13:14 / 07.06.2026