Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada havo va dengiz orqali tashuvlar to‘xtatildi
Ushbu haftada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mahalliy aholiga mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqishni taqiqlagandi.
Indoneziya hukumati koronavirus tarqalishi xavfi tufayli ichki va xalqaro havo hamda dengiz orqali yo‘lovchi tashilishini to‘xtatadi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi bosh direktori Novi Riyantoning bayonotida aytildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, "cheklovlar 24 apreldan kuchga kiradi va 1 iyungacha davom etadi". Qayd etilishicha, "taqiq pandemiya atrofidagi vaziyatning rivojlanishidan kelib chiqib uzaytirilishi mumkin".
Ushbu haftada Indoneziya prezidenti Joko Vidodo mahalliy aholiga mamlakat bo‘ylab sayohatga chiqishni taqiqlagandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 7,7 mingdan oshdi. Indoneziya universiteti olimlari agarda hukumat karantin choralarini kuchaytirmasa, yaqin oy ichida bu raqam 1, 5 millionga yetishi, 140 mingga yaqin inson vafot etishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirmoqda.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026