Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada karantin cheklovlarini olib tashlash rejasi tayyorlanmoqda
27 aprel kuni Rospotrebnadzor boshlig‘i Anna Popova Rossiyada cheklovlarni 12 maygacha uzaytirish maqsadga muvofiqligini aytgandi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Rospotrebnadzor va bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikovaga mamlakatda koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan cheklovlarni olib tashlash rejasini tayyorlashga topshiriq berdi.
Bosh vazir farmoyishiga ko‘ra, cheklovlarni olib tashlash yoki yumshatish konsepsiyasi 29 aprelgacha tayyor bo‘lishi lozim.
27 aprel kuni Rospotrebnadzor boshlig‘i Anna Popova Rossiyada cheklovlarni 12 maygacha uzaytirish maqsadga muvofiqligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyaliklarda «yakkalanish rejimi» ikki inkubatsion davr davom etadi, ammo mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni yaxshilash uchun uchta inkubatsion davr zarur. Uchinchi davr aynan may bayramlariga to‘g‘ri keladi, rossiyaliklar shu davrda uylarida o‘tirishlari kerak bo‘ladi, dedi Popova.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 93,5 mingdan oshgan, 867 kishi vafot etgan, 8456 kishi sog‘aygan.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026