Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Boksning WBA versiyasi bo‘yicha sobiq jahon chempioni, germaniyalik Feliks Shturm soliq to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Foto: Getty Images
Bu haqda Süddeutsche Zeitung nashri xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 41 yoshli Shturm 1 mln yevrolik soliqni to‘lashdan bo‘yin tovlagan, vaholanki unga dastlab 5,8 mln yevroni yashirish ayblovi ilgari surilgan.
Bokschi 2019 yil aprelda qo‘lga olingan, biroq 8 oy hibsda ushlab turilgandan keyin 300 ming yevro garov puli va muayyan shartlar evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Shturm WBA chempioni kamarini 2006 yil martda samoalik Marselo Masoga qarshi jangda qo‘lga kiritgan. 2016 yil fevralda nemis bokschisi rossiyalik Fyodor Chudinov bilan WBA superchempioni unvoni uchun jang qilgan va hakamlar qarori bilan g‘olib deb topilgan. Jangdan keyin uning doping-namunasida anabolik steroid moddasi topilgan va natijada u qo‘lga kiritgan unvondan voz kechgan. Shundan keyin Shturm janglarda ishtirok etmagan.
Shturm, shuningdek, WBO va IBF chempionlik kamarlariga ham egalik qilgan. Nemis sportchisi umumiy hisobda 49 ta jang o‘tkazib, ulardan 40 tasida g‘alabaga erishgan, 6 tasida mag‘lub bo‘lgan va uchtasida durang natija qayd qilgan.
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
23:11 / 13.12.2025
O‘zbekistonlik bokschilar jahon chempionatini ikki oltin va to‘rt kumush medal bilan yakunladilar
19:35 / 13.12.2025
Hasanboy Do‘smatov ikki karra jahon chempioniga aylandi
19:34 / 28.11.2025