O‘zbekiston | 14:18 / 30.04.2020
23016
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida karantin qoidalari qat'iyligicha qoladi

Samarqand viloyatining ayrim hududlarida 30 apreldan butun respublikada e'lon qilingan, ayrim cheklovlarning yumshatilishi qoidasi amal qilmasligi aytilmoqda.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Samarqand viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining 2020 yil 30 apreldagi qaroriga ko‘ra viloyatning Toyloq va Oqdaryo tumanlarida, Samarqand shahri, Samarqand, Urgut va Jomboy tumanlarining Toyloq tumani bilan chegaradosh hududlari hamda mazkur tumanlarda, shuningdek Bulung‘ur tumanining ayrim joylarida karantin qoidalari yumshatilmaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, kecha 30 aprel soat 01:00 holatiga Samarqand viloyatida jami 80ta koronavirus yuqtirganlik holati qayd etilgan bo‘lib, ularning 11 nafari tuzalgan. Viloyatlar kesimida tuzalishlar soni bo‘yicha Samarqand 14 foizlik ko‘rsatkich bilan so‘nggi o‘rinda joylashgan.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid