Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemor qolmadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Qashqadaryoda koronavirusga chalingan bemorlarning so‘nggisi ham tuzalgani to‘g‘risida ma'lumot berdi. Endilikda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1134 nafarga yetdi.
«Yurtimizda koronavirus infeksiyasidan xoli bo‘lgan hududlar safining kengayib borayotgani e'tibor molik. Hozircha Qashqadaryo viloyati ham koronavirus infeksiyasidan xoli hududga aylanmoqda.
Bugun viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan so‘nggi bemor butkul sog‘aydi. U viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Sog‘aygan bemor (erkak) 36 yoshda bo‘lib, Chiroqchi tumanidan. U koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lib, ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan jami 6 nafar bemordan 5 nafari bir oilaning a'zolaridir. Bemorlarning barchasi Chiroqchi tumanidan bo‘lib, koronavirusga chalingan bemor bilan muloqot orqali yuqtirib olishgan», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Endilikda viloyatda barcha bemorlar butkul sog‘ayib, Qashqadaryo Jizzax viloyatidan keyin koronavirusdan xoli bo‘lgan ikkinchi hududga aylandi.
- 1 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2046taga yetdi. O‘tgan vaqt davomida bemorlarning 9 nafari vafot etdi, jami 1134 kishi tuzaldi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 903 bemor qolmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026