Jahon | 19:39 / 03.05.2020
24800
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonda yana 52 kishida koronavirus aniqlandi

Tojikistonda koronavirus yuqtirgan bemorlar soni 128 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga tayanib Tojikiston televideniyesida e'lon qilindi.

Xabarda 3 may kuni Tojikistonda koronavirus yuqtirganlar soni 52 nafarga ko‘paygani aytilgan.

Shu tariqa, qo‘shni mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 128 nafarga yetdi. Xabarda karantinda bo‘lgan 2 782 fuqaroning 217 nafarida infeksiya aniqlanmagach, ularga javob berilgani aytilgan.

Tojikistonda koronavirus kirib kelgani haqida ilk marta 30 aprel kuni rasman e'lon qilingandi. Bu xabar JSST mutaxassislari mamlakatga kelish arafasida e'lon qilindi. Birinchi kuni mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlangandi. 3 may kuni esa bu borada o‘ziga xos rekord (52 kishi) o‘rnatildi.

Tojikiston uzoq vaqt koronavirus qayd etilmagan mamlakatlar qatorida e'tirof etilgandi. 3 may holatiga ko‘ra Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Turkmanistonda virus aniqlanmagan.

Avvalroq JSST Turkmanistonning koronavirus tarqalishiga qarshi ko‘rayotgan choralariga baho bergandi.

Mavzuga oid