Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Osiyoning gigant qotil-qovog‘arilari xavf solmoqda
Mutaxassislar Osiyodan AQShga tushgan gigant qovog‘arilar u yerda ko‘payib, asalarilar populyatsiyasini yo‘q qilishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.
Foto: New York Times
AQShda yaqinda Osiyoning gigant qovog‘arilari paydo bo‘lib, asalarichilar uchun katta muammoga aylandi. Ular bu hasharotlar asalarilarni yo‘q qilayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb xabar berdi The New York Times nashri.
Gazeta buning isboti sifatida Vashington shtatidan bo‘lgan asalarichi Ted Makfoll duch kelgan vaziyatni misol qilib keltirib o‘tgan. Makfoll o‘zining asalari xo‘jaligiga kelib, u yerda minglab o‘lik asalarilarni aniqlagan.
Uning fikricha, asalarilarga Vespa mandarinia deb nomlangan Osiyo qovog‘arilari qirg‘in keltirgan. Bu arilarning qanoti qulochi 9 va undan ko‘proq santimetrgacha yetishi mumkin.
Amerikalik asalarichilar bunday qovog‘arilarga ilk bor o‘tgan yilda duch kelishgan.
Ushbu turdagi qovog‘arilar nafaqat asalarilar, balki odamlar uchun ham xavfli hisoblanadi. Uning chaqishi o‘limga olib kelishi mumkin. Yaponiyada yiliga 50 ga yaqin odam bunday qovog‘arilar qurboniga aylanadi.
Asalarichilar “kutilmagan mehmonlar” AQShda asalarilar populyatsiyasini yo‘q qilishi mumkinligidan xavotirlanishmoqda.
Mavzuga oid
23:50 / 11.01.2026
AQSh Eronga qo‘shin jo‘natish ehtimolini ko‘rib chiqmayapti – OAV
18:06 / 10.01.2026
Venesuela va AQSh diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi
16:59 / 10.01.2026
Ishinger: Rossiya yevropaliklar bilan emas, AQSh bilan muzokaraga qiziqyapti
14:26 / 10.01.2026