Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida insonparvarlik yordami olib ketayotgan samolyot halokatga uchradi
Somali janubida African Airways aviakompaniyasining samolyoti halokatga uchrashi oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillari bayonotiga tayanib Somali Guardian nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, samolyot 4 may kuni Bay viloyatidagi aeroport yaqinida qulagan. Mutasaddi idoralar voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Xavfsizlik sohasidagi amaldorlardan birining xabar qilishicha, aviahalokatda 7 kishi hayotdan ko‘z yumgan. U samolyot insonparvarlik yordami olib ketayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:46 / 24.03.2026
Kolumbiyada harbiy samolyot quladi
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
08:45 / 24.12.2025