Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sudan 23 yil ichida ilk bor AQShda o‘z elchisini tayinladi
Sudan deyarli chorak asr ichida ilk bor AQShda o‘z elchisini tayinladi. Elchining tayinlanishi Vashington va Xartum 23 yillik tanaffusdan keyin elchilar ayirboshlash jarayonini boshlashga kelisha olganidan keyin mumkin bo‘ldi.
Bu haqda Sudan tashqi ishlar vazirligi ma'lum qildi, deb xabar qildi “Axr Lahza” nashri.
Sudan tashqi ishlar vazirligi xabarida ta'kidlanishicha, AQSh hukumati Nuriddin Sotiy nomzodini Sudanning Vashingtondagi elchisi lavozimiga ma'qullagan. Xabarda ta'kidlanishicha, Sudan “inqilob maqsadlariga erishish va mamlakatning xalqaro nufuzini tiklash uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda”.
Sudan elchisining tayinlanishi 2019 yil dekabrda Vashington va Xartum elchilar darajasidagi diplomatik munosabatlardagi 23 yillik tanaffusdan keyin elchilar ayirboshlash jarayonini boshlashga kelisha olgani evaziga mumkin bo‘ldi. Sudanning Vashingtondagi yangi elchisi bungacha Fransiyada elchi bo‘lib ishlagan. Bundan ham avvalroq u YuNeSKOda faoliyat yuritgan, BMT bosh kotibining Afrikadagi elchisi bo‘lgan.
1993 yildan beri Sudan Eron va Suriya bilan bir qatorda AQShning xalqaro terrorchilik xomiylari ro‘yxatida turadi. Bu esa qurol embargosi va AQSh yordami cheklanishini nazarda tutadi. Shu sababli Sudan xalqaro moliya tizimidan chiqarilgan. Bu esa mamlakatda og‘ir bank inqiroziga olib kelgan. 1996 yilda Sudanning AQShdagi elchixonasi yopilgan. Oxirgi yillarda u Sudanning Vashingtondagi ishlari bo‘yicha vaqtinchalik ishonchli vakili darajasida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026