Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda qizil chiroqda harakatlanish va yuqori tezlik o‘lim bilan tugadi
Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 5 may kuni soat 04:40larda Navoiy viloyati, Navoiy shahar, I.Karimov ko‘chasi “Okean” savdo do‘koni qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1994 y.t. D.N. “Neksiya-3” rusumli transport vositasini yuqori tezlikda boshqarib kelib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtamasdan chorrahadan o‘ngga tezlik bilan burilib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urilgan.
Natijada, haydovchi, 26 yoshli D.N. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanganda "Yo‘l harakati qoidalari"ga amal qilishingizni so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
15:55
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48
Bekobodda mashinada odam urib o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan “oper” 7 yilga qamaldi
14:06 / 11.06.2026
Qamchiq dovonida avtomobil jarlikka tushib ketdi
14:02 / 09.06.2026