Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya 1 iyuldan xorijliklar uchun chegaralarni ochadi
1 iyuldan quruqlikdagi chegaralar ochilishi, aviaparvozlar boshlanishi rejalashtirilgan.
Gruziya hukumati 1 iyuldan mamlakatga xorijlik turistlar kirishiga ruxsat berishga qaror qildi. Bu haqda hukumat rahbari Georgiy Gaxariya ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, karantin choralarini bosqichma-bosqich bekor qilish rejasida 15 iyundan ichki turizmni tiklash ko‘zda tutilgan. 1 iyuldan esa xorijlik turistlarga yo‘l ochiladi. Shu kuni quruqlikdagi chegaralar ochilishi, aviaparvozlar boshlanishi rejalashtirilgan.
Gaxariya shuningdek, 11 maydan Tbilisida barcha cheklovlar bekor qilinishini aytdi, deb yozadi Apsny nashri.
Mamlakatda 11 maydan barcha korxonalar va do‘konlar ochiladi. Faqat yirik savdo markazlari hamda kiyim-kechak va poyabzal do‘konlari bundan mustasno.
Gruziya sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 615ta holat qayd etilgan. To‘qqiz kishi vafot etgan, 275 kishi tuzalgan.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025