Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Moskva oblastida 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi
Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi 2020 yil 5 may kuni Moskva oblastining Ramenskoye tumanidagi shaxsiy turar-joyda yong‘in oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘lgani to‘g‘risida ma'lum qildi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Ushbu holat O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi Konsullik bo‘limi nazoratiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 may kuniga o‘tar kechasi Moskva oblastidagi Ramenskoye tumanida elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketdi. Olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, qolgan fuqarolar omon qoldi.
Uy elektr uskunalar yordamida isitilgan, shuning uchun sodir bo‘lgan hodisaning asosiy versiyasi - simlardagi tutashuv. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda.