«Moskovskiy komsomolets» xabariga köra, Durnixa qişloğida yonib ketgan ikki qavatli uy (maydoni 200 metr) ilgari mahalliy aholi vakiliga tegişli bölgan, ammo bundan bir neça yil oldin uy migrantlar uçun yotoqxona barpo etgan tadbirkorga sotilgan. Bundan taşqari, migrantlar uçun bir neçta yaşaş vagonlari yer maydonining özida örnatilgan. Hammasi bölib, guvohlarning ta'kidlaşiça, yotoqxonada ellik nafargaça odam bölgan. Sönggi vaqtlarda izolyatsiya tufayli migrantlar uyni deyarli tark etişmagan.

Yonğin haqida ma'lumot favqulodda xizmatlarga soat 4:21da kelgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, keyin şifokorlar voqea joyiga yetib kelişdi. Yoğoçdan qurilgan ikkinçi qavat butunlay yonib ketgan. Uç nafar erkak va uç nafar ayol vafot etdi - ular birinçi qavatga qulab tuşgan. Halok bölganlar Özbekiston fuqarolari ekani, taxminan 30 yoş atrofida bölgani aniqlandi. 

Hozirda tergovçilar migrantlarning Rossiya hududida bölgani qonuniyligini tekşirişmoqda. Bundan taşqari, tergovçilar uy egasini söroq qilişadi.

Uy elektr uskunalar yordamida isitilgan, şuning uçun sodir bölgan hodisaning asosiy versiyasi - simlardagi tutaşuv. Halok bölganlarning şaxsi aniqlanmoqda.

Rossiya Tergov qömitasi Moskva oblasti böyiça boş boşqarmasi rahbarining katta yordamçisi Olga Vradiy sözlariga köra, hodisa yuzasidan jinoiy iş qözğatilgan.