Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda avtomobilni olib qochgan shaxslar ushlandi
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 3 may kuni soat 09:59da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Yunusobod tumani, M.Qushbegi ko‘chasidagi uyda yashovchi R.D.ga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasi Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan bank oldidan ikki noma'lum shaxs tomonidan olib qochilgan.
IIV PPX va JTSBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt IIBB patrul-post xizmati brigadasi, 1-batalon, 1-otryad xodimlari xizmat faoliyatlari davomida soat 10:42da “To‘sib ushlash” rejasiga asosan berilgan “Matiz” rusumli avtomashinani Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 1-uy oldidan harakatlanib ketayotganini ko‘rib, haydovchini to‘xtatishga urinishgan.
Biroq, haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan vaqtda xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu avtoulovni olib qochayotgan shaxslar ushlanib, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib borilgan. Ularning shaxsi tekshirilganda, ular Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi G.V. va F.Ye. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026