Jahon | 22:09 / 08.05.2020
7351
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng yirik davlat jamg‘armasi ilk bor aktivlarini sotadi

Norvegiya mablag‘ taqchilligi sababli Pensiya jamg‘armasi aktivlarini sotishga majbur bo‘lmoqda. Budjet taqchilligi 20 mlrd dollar atrofida baholanmoqda.

Foto: Bloomberg

Dunyodagi eng yirik davlat jamg‘armasi hisoblanuvchi va trillion dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi Norvegiya Pensiya jamg‘armasi tarixda ilk bor o‘z aktivlarini sotadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi

Norvegiya hukumati davlatning ehtiyojlari u dividend va foizlardan oladigan summadan oshib ketgani sababli shunday choraga bormoqda.

Norvegiya markaziy banki rahbari Oysten Olsenning ta'kidlashicha, jamg‘arma o‘z aktivlarini sotish huquqiga ega. U birinchi navbatda obligatsiyalardan xalos bo‘lishga urinishi taxmin qilinmoqda.

Ayni vaqtda Norvegiya budjeti taqchilligi 20 mlrd dollarga baholanmoqda. 

1990 yilda tashkil etilgan jamg‘arma neftdan olinadigan oshiqcha daromadlardan shakllantiriladi.

Jamg‘armada har bir norvegiyalik hisobida 190 ming dollardan saqlanadi. Unga dunyodagi barcha aksiyalarning 1,5 foizga yaqini tegishli hisoblanadi. Jamg‘arma aprelda bozorlar qulagani sababli 113 mlrd dollar zarar ko‘rgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid