O‘zbekiston | 09:06 / 08.05.2020
4910
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yangi trikotaj korxonalari ochiladi

Vazirlar Mahkamasining 6.05.2020 yildagi “Surxondaryo viloyatida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali sanoatni yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 266-son qarori qabul qilindi.

Foto: Norma.uz

Sanoat ishlab chiqarish salohiyatini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish hamda mavjud ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Qumqo‘rg‘on ta'mirlash mexanika zavodi” MChJning ustav fondidagi 25 foiz davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi taklif bilan chiqishdi.
 
Norma’ning yozishicha, davlat ulushi “Surxon Kombinat” MChJga quyidagi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida beriladi:

trikotaj mahsulotlari, matolar va sochiq ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun ikki yil davomida kamida 35 mlrd so‘m miqdorida investitsiyalar kiritilishi kerak;

kamida 300 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish.
 
Hujjat 06.05.2020 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid