O‘zbekiston | 22:41 / 09.05.2020
93420
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy yana koronavirusli hududga aylandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning telegram kanalida bemorlar qayd etilishi va sog‘ayishi bo‘yicha ko‘rsatkichlar jadvali keltirildi.

9 may kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq jami 24ta holat qayd etildi va 22:00 holatiga ko‘ra zararlanish holatlari soni 2349tani tashkil qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, shu vaqtgacha virusdan xoli hudud hisoblangan Navoiy viloyatida 6ta yangi zararlanish holati qayd etilgan.

Shuningdek, bugun Samarqandda yana 6 kishiga koronavirus tashxisi qo‘yilgan, Toshkentda bemorlar soni 12taga oshgan. Boshqa hududlarda yangi holatlar qayd etilmagan.

Bugun jami 71 kishi tuzaldi va shu vaqtgacha tuzalganlar soni 1846 nafarga yetdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 493 bemor qolmoqda.

Navoiyda ilk holatlar 31 mart kuni aniqlangandi. Ularning biri 25 aprel kuni tuzalgandi, 4 may kuni ikkinchi bemor ham sog‘ayib chiqqan va Navoiy koronavirusdan xoli hududga aylangandi.

Mavzuga oid