Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati Farğona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida davolanayotgan bemorlar töğrisida ma'lumot berdi.
31 mart holatiga köra, Özbekistonda koronavirusdan zararlaniş bilan boğliq 158 holat qayd etilgan, şundan 7 kişi tuzalgan, 2 kişi vafot etgan. Ayni vaqtda respublikadagi şifoxonalarda jami 149 bemor davolanmoqda. Şundan 84 nafari Toşkent şahridagi Virusologiya ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida qolmoqda. Viloyatlarda esa jami 65 nafar bemor davolanişga yotqizilgan.
Jumladan, Farğona viloyatida koronavirus infeksiyasiga çalingan 26 nafar bemor viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolaniş uçun yotqizilgan. Farğona uşbu körsatkiç böyiça Toşkent şahridan keyingi örinda turadi.
Farğonadagi bemorlarning 9 nafari farğonalik, 4 nafari andijonlik, 1 nafari jizzaxlik, 3 nafari samarqandlik, 7 nafari toşkentlik, 2 nafari Toşkent viloyatidan. Kasallikka çalinganlarning 17 nafari şu yilning 25 mart kuni bitta reysda Turkiyadan Farğonaga charter reysda kelişgan yulovçilar orasida aniqlangan. Şu kuniyoq ular statsionar karantinga olinib, kasallik tasdiqlangaç ixtisoslaşgan tibbiyot muassasasiga ötkazilgan.
Namangan viloyatida 15 holatda uşbu infeksiya aniqlangan. Ularning 13 nafari 12-13 mart kunlari Turkiya safarida bölib qaytgan ikki nafar koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan fuqarodan virus yuqtirib olişgan. Ayni paytda bemorlar viloyat yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonada davolanişmoqda. Viloyatda aniqlangan bemorlardan biri vafot etgan.
Andijon viloyatida 8 bemor bor va ularning barçasi andijonliklar. Bu bemorlar ayni vaqtda Xöjaobod tumani yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişmoqda. Bundan taşqari boşqa viloyatlarda yana 6 nafar andijonlik bemor bor - 2 nafari Buxoroda, 4 nafari Farğonada viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişmoqda.
Xorazm viloyatida 6 nafar bemor davolanmoqda, şundan bir nafari xorazmlik. Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida bundan taşqari, yana 5 nafar bemor davolanmoqda. Ularning 2 nafari surxondaryolik, 1 nafari buxorolik, 1 nafari qoraqalpoğistonlik, 1 nafari esa farğonalik hisoblanadi.













