Farğona viloyatida 8 nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan bemor tuzalib çiqqan. Soğayganlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğayganlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida olinsa, Farğona viloyati va Toşkent şahridan 2 nafardan, Andijon, Namangan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoşi kattasi 61 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 40 yoş.
Viloyatda şu paytga qadar 76 nafar bemor soğaygan bölsa, endilikda ularning soni 84 nafarga yetdi.
Bugun Navoiy viloyati ham koronavirus infeksiyasidan xoli hududga aylandi. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan koronavirus infeksiyasiga çalingan sönggi bemor butkul soğaydi. U viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatiladi.
Soğaygan bemor ayol 45 yoşda bölib, Toşkent şahridan. Koronavirusga çalingan bemor bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.
«Endilikda Navoiy viloyati ham barça bemorlar butunlay soğayib, Jizzax va Qaşqadaryo viloyatlari qatori koronavirusdan xoli uçinçi hududga aylandi. Uşbu muvaffaqiyatda viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasi tibbiyot xodimlarining alohida hissasi bor», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Ayni paytda mamlakat böylab koronavirus infeksiyasidan soğayganlarning jami soni 1328 nafarga yetdi.












