Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda «kannabis» o‘simligini yetishtirayotgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi va 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2020 yil 4 may kuni soat 12:30da Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani hududida “Qoradori-2020” maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida G‘uzor tumani “Martepa” qishlog‘ida yashovchi fuqaro, 43 yoshli Z.T.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, tomorqaning umumiy 39 kvadrat metr yer maydoniga jami 22 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu kuni Z.T. kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligini ma'lum qilib, o‘zi ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan bir dona oq rangli polietilen paketga solingan sof og‘irligi 1,3 gr. “marixuana” giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Z.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 276-moddasi 1-qismi bilan (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026