Jamiyat | 13:50 / 09.05.2020
9626
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida bezorilik qilgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 12 aprel kuni taxminan soat 12:20da 40 yoshli A.N. spirtli ichimlik iste'mol qilib, mast holda jamoat joyi hisoblangan Angren shahri Bo‘ston MFYda joylashgan spirtli ichimliklar do‘konining ichida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 44 yoshli Sh.M. bilan o‘zaro janjallashgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u Sh.M.ga oyoqlari bilan bir necha marotaba tepib tan jarohati yetkazgan. Natijada, Sh.M. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar Markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Sh.M.ga «o‘rtacha og‘irlik»dagi tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. A.N. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid