Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasiga rais bo‘ladi
Prezident maslahatchisi Sherzod Kudbiyev Davlat soliq qo‘mitasiga rais bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqdagi ma'lumotni Kun.uz manbalari tasdiqladi.
Bugun, 13 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida hukumatdagi yangi tayinlovlar masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Xususan, deputatlar Sherzod Kudbiyev nomzodini DSQ rahbarligiga ma'qullash masalasini muhokama qilishmoqda.
Nomzod parlament tomonidan ma'qullansa, prezident uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi qarorini imzolaydi.
Sherzod Kudbiyev 2019 yil avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangandi.
Bundan avvalroq shu vaqtgacha Davlat soliq qo‘mitasiga raislik qilib kelgan Behzod Musayev O‘zbekiston bosh vazirining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:08 / 13.04.2026
«Bitta ega muhimmi yoki 80 ta egami?» - Sherzod Qudbiyev renovatsiya uchun rozilik chegarasining pasaytirilgani haqida
22:24 / 06.03.2026
Bosh reja o‘zgardi, ayrim hududlarda binolarning qavati oshirildi, bunga qanday ehtiyoj bor edi? – rasmiylar javob berdi
15:58 / 20.11.2025
O‘zbekistonda Urbanizatsiya qo‘mitasi tuzildi. Unga Sherzod Qudbiyev rahbarlik qiladi
11:12 / 13.08.2025